Milliy libos — milliy qadriyat
EFK-3 sexi xotin-qizlari milliy liboslarimizni targ‘ib etib, milliy qadriyatlarimizga bo‘lgan hurmatini namoyon etdilar.
Atlas va adraslarning betakror jilosi, milliy naqsh va bezaklar bayramona muhitga o‘zgacha fayz bag‘ishladi.
Milliy libos — xalqimizning o‘zligi, faxri va bebaho merosi!
“Ammofos-Maxam” AJ Matbuot xizmati