Bugun “Ammofos-Maxam” AJ Tijorat direktori Qudrat Rahimov boshchiligida Uvaysiy mahallasi yoshlari bilan samimiy va mazmunli uchrashuv bo‘lib o‘tdi
Uchrashuv davomida yoshlarning bandligini ta’minlash, ularning sanoat sohasiga bo‘lgan qiziqishlarini qo‘llab-quvvatlash hamda tadbirkorlik yo‘nalishidagi tashabbuslarini hayotga tatbiq etish masalalari atroflicha muhokama qilindi. Uchrashuv yakunida yoshlar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga batafsil javob oldilar.
“Ammofos-Maxam” AJ Matbuot xizmati