Kasb bayramingiz muborak bo‘lsin!

28-aprel — Butun jahon mehnatni muhofaza qilish kuni munosabati bilan barcha soha mutaxassislarini samimiy muborakbod etamiz.

Sizning mas’uliyatli va fidokorona mehnatingiz tufayli ish joylarida xavfsizlik ta’minlanib, inson hayoti va salomatligi asrab-avaylanmoqda. Mehnat muhofazasi madaniyatini yuksaltirishdagi hissangiz alohida e’tirofga loyiq.

Barchangizga mustahkam sog‘liq, kuch-g‘ayrat va faoliyatingizda muvaffaqiyatlar tilaymiz. Bayramingiz muborak bo‘lsin!

“Ammofos-Maxam” AJ Matbuot xizmati

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech