“Kimyo sanoati yosh mutaxassislari” forumi bo‘lib o‘tdi
Joriy yilning 27-31-may kunlari “Oʻzkimyosanoat” AJ, tizim korxonalari hamda Kimyo va farmatsevtika sanoati xodimlari kasaba uyushmasi Respublika Kengashi bilan hamkorlikda Toshkent viloyati Boʻstonliq tumanidagi “Kimyogar” oromgohida “Kimyo sanoati yosh mutaxassislari” ilmiy-intellektual forumi boʻlib oʻtdi.
“Ammofos-Maxam” AJdan 14 nafar yosh mutaxassislar ishtirok etdi. Forum doirasida intellektual o‘yinlar, sport musobaqalari va innovatsion g‘oya tanlovlari o‘tkazildi.
“Eng yaxshi innovatsion g‘oya” tanlovi natijalari:
• 1-o‘rin – 14-guruh (Rustamova Zilola)
• 2-o‘rin – 9-guruh (Omonkulov Muxammadjon)
• 3-o‘rin – 11-guruh (Boymuxamedov Shoxboz)
“Eng faol ishtirokchi” nominatsiyasi bilan Abduraimov Abduazim taqdirlandi.
“Ammofos-Maxam” AJ Matbuot xizmati