“Mini futbol” stadioni foydalanishga topshirildi

Oʻzbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 34 yilligi munosabati bilan “Ammofos-Maxam” AJ hamda “Ammofos-Maxam” AJ OYoXTTEB hamkorligi asosida qurib bitkazilgan zamonaviy “Mini futbol” stadioni tantanali ravishda foydalanishga topshirildi.

Ushbu sport inshootining foydalanishga topshirilishi korxona ishchi-xodimlari uchun sogʻlom turmush tarzini targʻib qilish, jismoniy tarbiya va sportni yanada rivojlantirishga xizmat qiladi.

Stadion barcha qulayliklarga ega boʻlib, unda sport musobaqalarini oʻtkazish, yosh iste’dodlarni qoʻllab-quvvatlash va xodimlar oʻrtasida doʻstona muhitni shakllantirish uchun keng imkoniyatlar yaratilgan.


“Ammofos-Maxam” AJ Matbuot xizmati

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech