Mini-futbolda yetakchi jamoalar ma’lum bo‘ldi.

“Ammofos-Maxami” AJda “Kimyogarlar kuni” kasb bayrami munosabati bilan erkaklar o‘rtasida navbatdagi mini futbol sport musobaqasi g'olib jamoalari aniqlandi.

Mini futbol musobaqasida jami 12 ta jamoa birinchilik uchun o‘zaro bellashdi. Murosasiz davom etgan o‘yin yakunlariga ko‘ra:

1-o‘rinni – Idoraviy harbiylashtirilgan qo'riqlash xizmati jamoasi;
2-o‘rinni – Suyuq ammiak bo'linmasi jamoasi:
3-o‘rinni – EFK-2 sexi jamoalari
egalladi.

“Ammofos-Maxam” AJ Matbuot xizmati

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech