“Sog‘lom psixologik-ijtimoiy ish muhitini ta’minlaylik” mavzusida tadbir tashkil etildi
2026-yil 1-may kuni O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi Toshkent viloyati Kengashida 28-aprel — Butunjahon mehnatni muhofaza qilish kuni munosabati bilan “Sog‘lom psixologik-ijtimoiy ish muhitini ta’minlaylik” mavzusida tadbir tashkil etildi.
Tadbir davomida O‘zbekiston Respublikasi Kasaba uyushmalari federatsiyasi tomonidan mehnatni muhofaza qilish va xavfsizlik sohasida jamoatchilik nazoratini samarali yo‘lga qo‘yish yuzasidan o‘tkazilgan respublika ko‘rik-tanlovining g‘oliblari tantanali ravishda taqdirlandi.
Mazkur tanlovda “Ammofos-Maxam” AJ yuqori natijalarni qo‘lga kiritib, “Eng yaxshi tashkilot” nominatsiyasida 1-darajali, “Eng yaxshi kasaba uyushma qo‘mitasi” nominatsiyasida esa 2-darajali diplomlar bilan taqdirlandi.
Shuningdek, korxona tomonidan maxsus himoya vositalari ko‘rgazmasida faol ishtirok etilib, mehnat xavfsizligini ta’minlash borasidagi ilg‘or tajribalar namoyish etildi.
“Ammofos-Maxam” AJ Matbuot xizmati