Yoshlar bilan ochiq muloqot o‘tkazildi
“Ammofos-Maxam” AJ Boshqaruv raisining ijtimoiy masalalar bo‘yicha o‘rinbosari rahbarligida Idoraviy harbiylashtirilgan qo‘riqlash xizmati yoshlari bilan uchrashuv tashkil etildi.
Uchrashuv davomida yosh xodimlarning xizmat faoliyati, ularning ijtimoiy qo‘llab-quvvatlanishi, kasbiy rivoji hamda ma’naviy-ma’rifiy masalalar yuzasidan ochiq muloqot olib borildi. Shuningdek, “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida “Har bir ko‘cha, har bir uyda” tamoyili asosida ko‘chat ekish odatlarini keng targ‘ib qilish yuzasidan tushuntirish ishlari amalga oshirildi.
Bundan tashqari, uchrashuvda “Yoshlar o‘rtasida ekologik madaniyatni shakllantirish” mavzusida ham fikr almashilib, atrof-muhitni asrash, yashil hududlarni kengaytirish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.
“Ammofos-Maxam” AJ Matbuot xizmati