“AMMOFOS-MAХAM” AJ da mahalliylashtirish, kooperatsiya aloqalarini rivojlantirish va yangi turdagi mahsulotlarni o‘zlashtirish maqsadida «CARBON - POLYMER» MCHJ tomonidan ishlab chiqarilayotgan mahsulotlar taqdimoti va ko‘rgazmasi bilan yaqindan tanishish
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 24-yanvardagi №99-sonli «Respublikada ishlab chiqarishni rivojlantirish va sanoat – kooperatsiyasini kengaytirishning samarali tizimini yaratish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi qarorini bajarish maqsadida «CARBON - POLYMER» MCHJ tomonidan ishlab chiqarilayotgan mamlakatimizga import hisobiga kirib kelayotgan mahsulotlar yaʼni, el. grafit щyotkalari, grafitdan tayyorlangan mahsulotlar, konveyer roliklari, kaprolon, tekstalit, ftoroplast, rezina - texnik mahsulotlar, suyuqliklarni saqlovchi sig‘imlarning ichki qatlamini qoplash va maxsus polimerdan tayyorlangan mahsulotlar ko‘rgazmasi hamda mahsulotlarning texnik va fizikviy xossalari haqida prezentatsiya tashkil qilindi.
Prezentatsiya “AMMOFOS-MAХAM” AJ ning Tijorat xizmatlari boshlig‘i Raximov K.K tomonidan ochib berilgach, so‘zni «CARBON - POLYMER» MCHJ bosh direktori o‘rinbosari Qurbonaliyev R.R.ga berdi. Qurbonaliyev R.R. korxona faoliyati haqida gapirib, so‘ngra korxona mutaxassislari bilan birgalikda ishlab chiqarilayotgan mahsulotlari bilan tanishtirib o‘tdi.
Prezentatsiyada davomida taqdim etilgan mahsulotlar bilan yaqindan tanishish maqsadida “AMMOFOS-MAXAM” AJ da mehnat qilayotgan texnik muhandislar, sex va uchastka boshliqlari, energetika soha vakillari va boshqa texnik mutaxassislar jalb qilinganligi bois tadbir davomida ikki tomon mutaxassislari tomonidan o‘zaro texnik maslahatlar, qizikarli savol-javoblar, tajriba almashinuvi va mahsulotlarning joylarda tadbiq etilishi yuzasidan qiziqarli muloqotlar olib borildi. Bo‘lib o‘tgan jarayonda “AMMOFOS-MAXAM” AJ ning ishlab chiqarish sexlaridagi texnik kamchilik va nosozliklarni bartaraf etish maqsadida, quyidagi masalalarga to‘xtalib o‘tildi:
1. «CARBON - POLYMER» MCHJ 2005 yildan boshlab konveyer roliklarini ishlab chiqarayotganligi, so‘nggi yillarda metall roliklarga nisbatan maxsus polimer roliklarga talab ortayotganligi, chunki polimerdan yasalgan konveyer roliklari o‘zining metallga nisbatan 5-6 baravar yengilligi, vakti kelib yemirilgach konveyer lentalarini kesmasligi, ekspluatatsiya, yaʼni yaroqlilik muddati uzoqligi, konveyer liniyalardagi metallni yemiruvchi kimyoviy abraziv muhitga chidamliligi va iktisodiy tejamkorligi haqida so‘z yuritildi.
2. Hududdagi joylashgan kimyoviy moddalar saqlanuvchi Sig‘imlar va hovuzlarning ichki qismini kislota va ishqorlarga bardoshli maxsus polimer materiali bilan qoplash, joylarda kimyoviy yemirilishlarga qarshi maxsus polimer, ftoroplast va maxsus rezinadan ishlab chiqarilgan xar xil o‘lchamdagi maxsus burama kranlar (diskoviy zatvorlar)ni belgilangan joylarga tadbiq etish, qolaversa sinovdan o‘tkazish.
3. Ishlab chiqarishda ajralib chiqayotgan pulpalarni quvurlar orqali yo‘naltirishda yemirilishga qarshi quvurlarni ichki qatlamlarini maxsus rezina va maxsus polimerlar bilan qoplash.
4. Moslama va uskunalarga har xil o‘lchamdagi tekstolit, ftoroplast va kaprolon mahsulotidan tayyorlangan detallarni o‘rganib chiqqan holda tadbiq etish.
5. Aylanma harakatlanuvchi dvigatellarning temir yoki chuyandan yasalgan shkiflarini, dvigatellardagi zo‘riqishni kamaytirish maqsadida kaprolon mahsulotidan tayyorlangan shkiflarga almashtirish.
6. Ishlab chikarishda texnik talablarga rioya qilish maqsadida joylarda «CARBON - POLYMER» MCHJda ishlab chiqarilgan yuqori harorat, yuqori bosim, kislota va ishqorlarga bardoshli salnikoviy nabivkalar, har xil o‘lchamdagi grafitdan tayyorlangan uplotneniyalar, SNP qistirmalar (prokladkalar), fum lentalardan foydalanish va targ‘ib qilish.
Elektroenergiya sohasida tekstolit, el. щyotkalar va izolenta mahsulotlari hamda izolyatorlardan foydalanish va boshqa masalalar xususida fikr almashinildi.
Qatnashchilar bilan muloqot hamda bildirilgan taklif va mulohazalardan so‘ng quyidagicha qaror qabul qilindi.
1. Uchrashuv davomida bildirilgan taklif va mulohazalar maʼlumot uchun qabul qilinsin.
2. “AMMOFOS-MAXAM” AJ bosh muhandisi boshchiligida, bosh mexanik va bosh energetik va texnik mutaxassislar bilan kelishilgan holda korxona miqyosida texnik kamchilik va nosozliklarni bartaraf etish maqsadida «CARBON - POLYMER» MCHJ tomonidan ishlab chiqarilgan mahsulotlarga texnik topshiriqlar (tex. zadaniya) va chizmalar asosida buyurtmalar (zayavka) tayyorlansin.
Tijorat bo‘limi tomonidan buyurtmalarga asosan belgilangan tartibda «CARBON - POLYMER» MCHJ mahsulotlarini yetkazib berish taʼminlansin.