“5 000 qadam” — sog‘lom hayot sari!
O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan “Ammofos-Maxam” AJning “Chimyon” bolalar sog‘lomlashtirish oromgohida ishchi-xodimlar ishtirokida “5 000 qadam” yurish tadbiri tashkil etildi.
Tadbir sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish, jismoniy faollikni oshirish hamda xodimlar o‘rtasida birdamlik va hamjihatlikni mustahkamlashga xizmat qildi.
“Ammofos-Maxam” AJ Matbuot xizmati