Aholi va qishloq xo‘jaligini ro‘yxatga olish bo‘yicha seminar tashkil etildi
Mazkur tadbir munosabati bilan “Ammofos-Maxam” AJ huquqiy va amaliy yordam berish ishchi guruhi Olmaliq shahar hokimligi Statistika bo‘limi bilan hamkorlikda amaliy seminar o‘tkazildi.
Seminarda korxona xodimlari hamda tegishli mas’ullar ishtirok etdi. Tadbir davomida ro‘yxatga olish jarayonining mazmun-mohiyati va ahamiyati, zamonaviy yondashuvlar va xalqaro tajriba, axborot- kommunikatsiya texnologiyalaridan samarali foydalanish, elektron so‘rovnomalarni to‘g‘ri to‘ldirish hamda aholiga ma’lumotlarni aniq va tushunarli yetkazish masalalari yuzasidan tushuntirishlar berildi.
“Ammofos-Maxam” AJ Matbuot xizmati