“Ammofos-Maxam” AJda “Rahbar va yoshlar” uchrashuvi boʻlib oʻtdi

Bugungi kunda yoshlarga qaratilgan eʼtibor, ularning fikrini eshitish, salohiyatini toʻliq namoyon etishi uchun sharoit yaratish mamlakatimiz ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyotida muhim omillardan biriga aylangan.

Shu nuqtai nazardan kelib chiqib, “Oʻzkimyosanoat” AJ tomonidan tizimdagi yosh mutaxassislar bilan ochiq va toʻgʻridan-toʻgʻri muloqotni yoʻlga qoʻyish maqsadida “Rahbar va yoshlar uchrashuvi” tashkil etib kelinmoqda.

“Oʻzkimyosanoat” AJ raisi Odil Temirovning navbatdagi uchrashuvi “Ammofos-Maxam” AJ yoshlari bilan boʻlib oʻtdi.

Tadbirda “Oʻzkimyosanoat” AJ boshqaruvi aʼzolari, “Ammofos-Maxam” AJ rahbariyati, korxonada faoliyat yuritayotgan 150 nafardan ortiq yosh mutaxassislar hamda OAV vakillari ishtirok etdi.

Uchrashuvda yoshlar oʻz taklif va savollari bilan toʻgʻridan-toʻgʻri rahbariyatga murojaat qilish imkoniyatiga ega boʻlishdi. Ayniqsa, ish muhitidagi sharoitlar, malaka oshirish imkoniyatlari, moddiy va maʼnaviy ragʻbatlantirish tizimi boʻyicha qator taklif va tashabbuslar bildirildi.

Xususan, korxona yoshlarini oliy taʼlim bilan qamrab olish, yosh mutaxassislarning malakalarini oshirishlari uchun yurtimizdagi boshqa tarmoq korxonalari faoliyatini oʻrganish, ishlab chiqarishga ilgʻor innovatsion texnologiyalarni joriy etish kabi masalalar shular jumlasidandir.

Rahbariyat bu takliflarni alohida qayd etib, ularni amaliyotga tatbiq etilishini maʼlum qildi.

Tadbir soʻngida yoshlar faolligi, ularning ishlab chiqarish jarayonidagi ishtiroki va tashabbuskorligi yuqori baholandi. Ayrim faol yoshlar tashakkurnomalar va esdalik sovgʻalari bilan taqdirlandi.

Manba: O'zkimyosanoat AJ

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech