“Ammofos-Maxam” AJ mutasaddilari hududlarda o‘rganish ishlarini olib bordi
“Ammofos-Maxam” AJ rahbariyati tomonidan viloyatlarda joylashgan vakolatli omborlarga tashriflar amalga oshirildi. Tashrif davomida birja savdolari orqali xarid qilingan mineral o‘g‘itlarni fermer xo‘jaliklariga vakolatli omborlar orqali o‘z vaqtida hamda sifatli yetkazib berish jarayonlari atroflicha o‘rganildi.
Shuningdek, Jamiyatning Korrupsiyaga qarshi kurashish va komplayens nazorati bo‘limi boshlig‘i tomonidan Farg‘ona viloyati hokimligi vakillari hamda vakolatli ombor rahbarlari ishtirokida uchrashuv o‘tkazildi. Unda amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan muhokamalar olib borilib, mavjud masalalar va ularning amaliy yechimlari ko‘rib chiqildi.
“Ammofos-Maxam” AJ Matbuot xizmati