“Ammofos-Maxam” AJda “Dolzarb kunlari” amaliy tadbiri o‘tkazildi

Korxonada favqulodda vaziyatlar va yong‘inlarning oldini olish, xodimlar o‘rtasida xavfsizlik madaniyatini oshirish maqsadida “Dolzarb kunlari” amaliy tadbiri tashkil etildi.

Tadbir davomida yong‘in xavfsizligi, evakuatsiya tartiblari, birinchi yordam ko‘rsatish qoidalari hamda favqulodda vaziyatlarda to‘g‘ri harakat qilish bo‘yicha amaliy mashg‘ulotlar o‘tkazildi. Mutaxassislar xodimlarga tegishli yo‘riqnomalar berib, xavfsizlik choralariga qat’iy rioya etish zarurligini ta’kidladilar.

“Ammofos-Maxam” AJ Matbuot xizmati

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech