“Ammofos-Maxam” AJda ustoz va murabbiylar e’zozlandi

1-oktyabr — O‘qituvchi va murabbiylar kuni munosabati bilan “Ammofos-Maxam” AJda mehnat qilayotgan bir guruh ishchi-xodimlar o‘z ish joylarida tashakkurnoma hamda esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.

Taqdirlash jarayonida ustozlarning korxona faoliyatidagi o‘rni, yosh avlodga kasbiy bilim va tajriba ulashish, ularni mehnatsevarlik va mas’uliyat ruhida tarbiyalash borasidagi xizmatlari alohida e’tirof etildi.

“Ammofos-Maxam” AJ Matbuot xizmati

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech