“Ammofos-Maxam” AJda yong‘in xavfsizligini ta’minlash bo‘yicha tadbir o‘tkazildi
“O‘zbekiston Yong‘in xavfsizligi tadbirlarini tashkil etish va baholash” (OYoXTTEB) inspektorlari tomonidan “Dolzarb – 30 kun” tadbirini yuqori saviyada tashkil etish maqsadida “Ammofos-Maxam” AJ Ta’mirlash-mexanika sexida targ‘ibot-tashviqot ishlari amalga oshirildi.
Tadbir davomida sex ishchi-xizmatchilariga yong‘in xavfsizligi bo‘yicha birlamchi va qayta yo‘riqnomalar berildi, shuningdek, favqulodda vaziyatlar yuzaga kelgan holatlarda to‘g‘ri va tezkor harakat qilish tartibi batafsil tushuntirib o‘tildi.
Ammofos-Maxam” AJ Matbuot xizmati