Ammofos mineral o‘g‘itining bir tonnasi narxi oshadi

“Ammofos-Maxam” AJ Boshqaruv yigʻilishining 2026-yil 10-fevraldagi 6-26-sonli bayonnomasiga asosan, mahsulot ishlab chiqarishdagi asosiy xomashyolar (sulfat kislotasi, fosforit konsentrati, ammiak hamda ularni tashish xarajatlari) narxlari oshganligi sababli 2026-yil 2-martdan Fosforitlardan olingan ammofos mineral o‘g‘itining narxlari oshishi kutilmoqda.

Yuqoridagilarni inobatga olib, 2026-yil 2-martdan boshlab fosforitlardan olingan ammofos mineral o‘g‘itining bir tonnasi uchun boshlang‘ich narxlari quyidagicha etib belgilanishi rejalashtirilmoqda.  

Mahsulot nomi

Birja  avdolarida

Taklif etilayotgan ulgurji narx (QQS bilan)

Yagona temir yo‘l tarifi (QQS bilan)

Temir yo‘l tarifi bilan boshlang‘ich narx (QQS bilan)

Fosforitlardan olingan ammofos

Agroplatforma (yopiq savdo)

8 190 540,00

101 816,96

8 292 356,96

Spot (ochiq savdo)

9 100 600,00

101 816,96

9 202 416,96

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech