Ayollarga nisbatan zo‘ravonlikka qarshi murosasizlik
Xotin-qizlarga tazyiq va zo‘ravonlikka qarshi murosasiz muhitni shakllantirish, ularning huquq va manfaatlarini himoya qilishga qaratilgan davra suhbati tashkil etildi. Tadbirda oilani mustahkamlash, ajrim va nizolarning oldini olish, yigitlarning oila qurishdagi mas’uliyati, turmushdagi qiyinchiliklar, shuningdek, qaynona-kelin munosabatlari haqida muhim tushunchalar berildi.
“Ammofos-Maxam” AJ Matbuot xizmati