Davra suhbati oʻtkazildi

“Ammofos-Maxam” AJda korrupsiyaga qarshi kurashish sohasi yuzasida davra suhbati tashkil etildi.

Tadbirda odob-ahloq qoidalari, manfaatlar toʻqnashuvi mavzusida soʻz bordi. Shuningdek, Olmaliq shahar “Hilol” jome masjidi imom xatibi Abdurashid Mirzahmedov tomonidan bugungi kunda yoshlar tarbiyasida nimalarga e’tibor qaratish zarurligi, ularni noto‘g‘ri yo‘llarga kirib, yot g‘oyalar ta’siriga tushib qolmasliklari, ularni ona Vatanga mehr-muhabbat, ezgu qadriyat, urf-odatlarimizga sadoqat ruhida tarbiyalash, ular orasida Islom dinini noto‘g‘ri talqin qilish oqibatida g‘arazli insonlarning ta’siriga tushib qolish holatlari oldini olish kabi vazifalar yuzasidan fikrlar bildirildi.

“Ammofos-Maxam” AJ Matbuot xizmati

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech