“Eng namunali ko‘kalamzorlashtirilgan maydon” tanlovi
O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida “Eng namunali ko‘kalamzorlashtirilgan maydon” tanlovi bo‘lib o‘tdi.
Tanlov davomida hududlarning obodonlashtirilganlik darajasi, yashil maydonlarning holati, daraxt va gul ko‘chatlarining parvarishi, shuningdek, hududlarning estetik ko‘rinishi belgilangan mezonlar asosida baholandi.
Tanlov yakunlariga ko‘ra:
1-o‘rin — Putur yetkazmasdan nazorat usullari laboratoriyasi
2-o‘rin — TQMS
3-o‘rin — Bug‘ qozon sexi hamda Elektr ta’minoti sexi
“Ammofos-Maxam” AJ Matbuot xizmati