Jaholatga qarshi ma’rifat

“Ammofos-Maxam” aksiyadorlik jamiyatida “Jaholatga qarshi ma’rifat” shiori ostida ma’naviy-ma’rifiy tadbir tashkil etildi. Unda korxona ishchi-xodimlari faol ishtirok etdi.

Tadbirda Din ishlari bo‘yicha qo‘mitaning Olmaliq shahar bo‘yicha vakili, Olmaliq shahar IIB ma’sul xodimi, shuningdek, korxonaning korrupsiyaga qarshi ichki nazorat va komplayens bo‘limi hamda korxona maslahatchilari tomonidan globallashuv sharoitida g‘oyaviy-mafkuraviy tahdidlarning ortib borayotgani, yoshlar ongini turli zararli ta’sirlardan himoya qilish muhimligi ta’kidlandi.

“Ammofos-Maxam” AJ Matbuot xizmati

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech