Jamiyat tomonidan madaniy sayohat tashkil etildi
“Ammofos-Maxam” AJ tomonidan jamiyatning 100 nafar ishchi-xodimlari uchun Toshkent shahrining diqqatga sazovor maskanlariga madaniy sayohat tashkil etildi.
Mazkur safar buyuk davlat arbobi va sarkarda Amir Temur tavalludining 690 yilligi munosabati bilan tashkil etildi.
Sayohat davomida ishtirokchilar uchun barcha zarur sharoitlar yaratildi. Xususan, zamonaviy transport vositalari jalb etildi, sifatli ovqatlanish xizmatlari yo‘lga qo‘yildi hamda tajribali gid-ekskursovodlar tomonidan mazmunli ma’lumotlar taqdim etildi.
“Ammofos-Maxam” AJ Matbuot xizmati