Jamiyat xotin-qizlari uchun bayramona konsert dasturi tashkil etildi

“8-mart – Xalqaro xotin-qizlar kuni” munosabati bilan “Ammofos-Maxam” AJda mehnat qilayotgan ayol va qizlar uchun bayramona konsert dasturi tashkil etildi.

“Kimyogar” madaniyat markazida Oʻzbekiston Respublikasida xizmat koʻrsatgan artist Alisher Fayz ishtirokida konsert dasturi boʻlib oʻtdi. San’atkor tomonidan ijro etilgan kuy-qo‘shiqlar bayramona kayfiyatni yanada ko‘tarib, yig‘ilganlarga unutilmas taassurotlar ulashdi.

“Ammofos-Maxam” AJ Matbuot xizmati

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech