“Kitobxon xodim” tanlovi o‘tkazildi

“Ammofos-Maxam” AJ xodimlari o‘rtasida kitobxonlikni targ‘ib etish, kitobga bo‘lgan qiziqishni oshirish va buyuk adiblar ijodini o‘rganish maqsadida “Kitobxon xodim” hamda “Yosh kitobxon” tanlovlari o‘tkazildi.

Tanlovda ishtirokchilar badiiy asarlar bo‘yicha bilimlarini sinovdan o‘tkazib, eng faol kitobxonlar aniqlanib, g‘oliblar taqdirlandi.

“Kitobxon xodim” (30 yoshdan yuqori) g‘oliblari:

1-o‘rin – Xo‘jalik sexi, Shaxnoza Xudoyberdiyeva
2-o‘rin – ITKTL, Navro‘za Mamatqulova
3-o‘rin – IHQX, G‘anisher Dusmatov

“Yosh kitobxon” (30 yoshgacha) g‘oliblari:

1-o‘rin – NOA va A sexi, Shoxsanam Xo‘jaqulova
2-o‘rin – ITKTL, Xulkar Turopova
3-o‘rin – Xo‘jalik sexi, Muxlisa Alikulova

Tanlov korxonada kitobxonlik madaniyatini rivojlantirish va ma’naviyatni yuksaltirish yo‘lidagi muhim qadamlardan biri bo‘ldi.

“Ammofos-Maxam” AJ Matbuot xizmati

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech