O‘zbekiston kasaba uyushmalari vakillari Jenevada malaka oshirdi
Kimyo va farmatsevtika sanoati xodimlari kasaba uyushmasi delegatsiyasi Shveysariyaning Jeneva shahrida Xalqaro Mehnat Tashkiloti (XMT) tomonidan tashkil etilgan o‘quv-seminarda ishtirok etdi.
Nigora Alimjonova rahbarligidagi delegatsiya tarkibida “Ammofos-Maxam” AJ Kasaba uyushma qo‘mitasi raisi Muhabbat Usmonova ham ishtirok etdi.
Seminar davomida birlashish erkinligi va jamoaviy muzokaralar, xalqaro mehnat standartlari, kimyoviy xavflar bo‘yicha yangi konvensiya hamda mehnat sohasini raqamlashtirish bo‘yicha XMT siyosati kabi muhim masalalar muhokama qilindi.
Tadbir doirasida delegatsiya XMTning Mehnatkashlar faoliyati bo‘yicha byurosi (ACTRAV) direktori bilan uchrashuv o‘tkazdi. Uchrashuvda O‘zbekistonda mehnat munosabatlari va kasaba uyushmalari faoliyati sohasida amalga oshirilayotgan islohotlar, to‘plangan tajriba hamda istiqboldagi vazifalar haqida fikr almashildi.