O‘zbekiston Mustaqilligining 35 yilligi arafasida stol tennisi musobaqasi o‘tkazildi

O‘zbekiston Mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan “Ammofos-Maxam” aksiyadorlik jamiyati xodimlari o‘rtasida stol tennisi musobaqasi tashkil etildi.

Musobaqa sog‘lom turmush tarzini targ‘ib etish, xodimlarni sportga keng jalb qilish hamda jamoada hamjihatlik va sog‘lom raqobat muhitini mustahkamlash maqsadida o‘tkazildi.

Qizg‘in va murosasiz bahslarga boy kechgan bellashuvlarda ishtirokchilar o‘zlarining sport mahorati va chaqqonligini namoyon etdilar.

“Ammofos-Maxam” AJ Matbuot xizmati

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech