Pardayev Bahrom Baxodir o‘g‘liga “Sport ustasi” unvoni berildi

“Ammofos-Maxam” AJ IHQX o‘qchisi Pardayev Bahrom Baxodir o‘g‘liga aralash jang san’ati (MMA) bo‘yicha yuksak sport mahorati va erishgan natijalari uchun “Sport ustasi” unvoni berildi.

Pardayev Bahrom Baxodir o‘g‘li sport faoliyati davomida bir qator nufuzli musobaqalarda muvaffaqiyatli ishtirok etib kelmoqda. Jumladan, Aralash jang san’ati (MMA) bo‘yicha kattalar o‘rtasidagi O‘zbekiston birinchiligida chempion bo‘lgan hamda WKF karate bo‘yicha kattalar o‘rtasidagi O‘zbekiston birinchiligi viloyat bosqichida 2-o‘rinni qo‘lga kiritgan.

Korxonamiz jamoasi nomidan Pardayev Bahrom Baxodir o‘g‘lini “Sport ustasi” unvoni bilan samimiy tabriklaymiz. Unga mustahkam sog‘liq, yuksak marralar va kelgusi musobaqalarda ham ulkan zafarlar tilaymiz.

“Ammofos-Maxam” AJ Matbuot xizmati

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech