Qadring baland bo‘lsin, ona tilim!
21-oktabr — O‘zbek tili bayrami kuni munosabati bilan “Qadring baland bo‘lsin, ona tilim!” shiori ostida “Ammofos-Maxam” AJda davra suhbati o‘tkazildi.
Tadbirda o‘zbek tilining milliy qadriyat sifatidagi o‘rni, davlat tilini rivojlantirish yo‘lidagi sa’y-harakatlar haqida so‘z yuritildi.
Yakunida ishtirokchilar o‘rtasida “Davlat tili — kuch, qudrat va ilhom manbai” mavzusida ommaviy diktant o‘tkazildi.
“Ammofos-Maxam” AJ Matbuot xizmati