“Xon atlas” festivali — milliy o‘zlik va madaniy yuksalish timsolidir
“Xonatlas” festivalini o‘tkazish an’anaga aylanib bormoqda. Bugun korxona “Ammofos-Maxam” aksiyadorlik jamiyatida faoliyat yuritayotgan xotin-qizlar o‘zlarining milliy an’analarga boy qadriyatlarini namoyon etishdilar.
O‘zbekona milliy liboslarimiz o‘z jozibasi, ko‘rki va betakror jilosi bilan ko‘zlarni qamashtiradi, nigohlarni maftun etadi. Milliy liboslarimizda xalqimizning ming asrlik o‘tmishi, urf-odat va an’analari, didi, estetik qarashlari, shuningdek, o‘ziga xos xususiyatlarini namoyon etadi.