"Xotin-qizlarga nisbatan tazyiq va zo‘ravonlik hodisalariga javoban ijtimoiy xizmatlar tashkil etishning asoslari" mavzusida davra suhbati bo'lib o'tdi
“Ammofos-Maxam” AJda “Zo‘ravonlikka qarshi 16 kunlik faol harakat” shiori ostida "Xotin-qizlarga nisbatan tazyiq va zo‘ravonlik hodisalariga javoban ijtimoiy xizmatlar tashkil etishning asoslari" mavzusida davra suhbati tashkil etildi.
Davra suhbatdan ko‘zlangan asosiy maqsad – ijtimoiy xodimlarning kasbiy bilim, ko‘nikmalarini yanada rivojlantirishdan iborat bo‘ldi. Suhbat davomida mutaxassislar tazyiq va zo‘ravonlikning kelib chiqish omillari, ularni baholash, oldini olish mezonlari yuzasidan batafsil ma’lumotlar berishdi. Ayniqsa, tazyiq va zo‘ravonlikdan jabrlanuvchini ijtimoiy, huquqiy himoya qilish mexanizmlari, ularga ko‘rsatiladigan yordam turlari va xizmatlar to‘g‘risidagi axborot berish hamda ularning hayotiy haq-huquqlarini munosib himoya qilish kerakligi alohida ta’kidlab o‘tildi.
Xodimlar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob olishdi, amaldagi muammolar va ularning yechimlari yuzasidan fikr almashishdi.
“Ammofos-Maxam” AJ Matbuot xizmati