“Yong‘in xavfsizligi oyligi” doirasidagi targ‘ibot ishlari davom etmoqda

O‘zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi Toshkent viloyati Favqulodda vaziyatlar bosh boshqarmasi “Ammofos-Maxam” AJ OYoXTTEB inspektorlari tomonidan “Ammofos-Maxam” AJ sexlarida ishchi va xizmatchilar bilan targ‘ibot-tashviqot tadbirlari o‘tkazildi.

Tadbir davomida sodir bo‘lishi mumkin bo‘lgan favqulodda vaziyatlarning oldini olish bo‘yicha muhim tavsiyalar berildi, yong‘in xavfsizligi qoidalari eslatib o‘tildi. Shuningdek, ishchi va xizmatchilarga eslatmalar tarqatilib, birlamchi yong‘in o‘chirish vositalaridan to‘g‘ri foydalanish tartibi amaliy tarzda tushuntirildi.

“Ammofos-Maxam” AJ Matbuot xizmati

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech