Yoshlar – yurtimizning ishonchli tayanchi, taraqqiyot va kelajak bunyodkorlari
30-iyun – Yoshlar kuni munosabati bilan “Ammofos-Maxam” AJ tomonidan korxona yosh xodimlari uchun “Chimyon” BSOda ma’naviy-ma’rifiy hamda sport tadbirlari tashkil etildi.
Tadbir davomida yoshlarning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish, sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish va jamoaviy hamjihatlikni mustahkamlashga qaratilgan sport musobaqalari o‘tkazildi.
Shuningdek, korxona rahbariyati tomonidan yosh xodimlarning taklif va tashabbuslari tinglanib, ularni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, kasbiy salohiyatini rivojlantirish hamda faol ishtirokini rag‘batlantirish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.
Tadbir doirasida “Yashil makon” umummilliy loyihasi asosida korxona yoshlari tomonidan amalga oshirilgan ishlar natijalari ham ko‘zdan kechirildi.
“Ammofos-Maxam” AJ Matbuot xizmati