Yurish marafoni o‘tkazildi
Inson sog‘-salomat bo‘lsa, xotirjam fikr yuritib, zimmasidagi vazifani sidqidildan bajaradi. Belgilagan rejalarini to‘liq amalga oshiradi, ulkan marralar va muvaffaqiyatlarga erishadi.
Shu sababli ham yurtimizda sog‘lom turmush tarzini targ‘ib etish hamda aholi salomatligini asrash masalasiga alohida e’tibor qaratilmoqda.
Xususan, “Ammofos-Maxam” AJ ishchi-xodimlari o‘rtasida “Kasaba uyushmalarining 120 yilligi”ga bag‘ishlab, “Salomatlik sari – kasaba uyushmalari bilan” shiori ostida yurish marafoni bo‘lib o‘tdi.
Mazkur tadbir sog‘lom turmush tarzini keng targ‘ib etish, jamoa ruhini mustahkamlash va ishchi-xodimlarning bo‘sh vaqtini mazmunli o‘tkazish maqsadida tashkil etildi.
“Ammofos-Maxam” AJ Matbuot xizmati