“7908227”- sonli Oldi-sotdi shartnomasi
“7908227”- sonli Oldi-sotdi shartnomasi
20.08.2025 12:48:03 dagi “20250820”- sonli savdo bayonnomasi asosida
Bitim Taraflari.
Sotuvchi: |
Sotib oluvchi: |
Sotuvchining rekvizitlari Sotuvchi nomidan va uning topshirig‘i bo‘yicha Brokerlik idorasi raqami: 1601 Brokerlik idorasi nomi: "HAMKOR-KIMYOSERVIS" МЧЖ Topshiriq shartnomasi asosida faoliyat yurituvchi treyderning F.I.Sh.: Гуламов Зиёвуддин Гаухариддинович Tizimdagi buyurtma raqami: 30575513 Nomi: АО Ammofos-Maxam Manzili: Ташкентская область г. Алмалык Промзона Telefon raqamlari: +998781507304 Faks: +998706130595 STIR: 200599579 Hisobraqami: 20210000500130836001 Bank: УзПСБ г.Ташкент опер упр MFO: 00440 OKONX: 20151 FSHR: 12 IFUT: info@ammofos-maxam.uz |
Sotib oluvchining rekvizitlari Sotib oluvchi nomidan va uning topshirig‘i bo‘yicha Brokerlik idorasi raqami: 12267 Brokerlik idorasi nomi: "MUZAFFAR ACCOUNTANT" MChJ Topshiriq shartnomasi asosida faoliyat yurituvchi treyderning F.I.Sh.: Фарходов Камронбек Музаффар угли Tizimdagi buyurtma raqami: 30583202 Nomi: _____________________ Manzili: ________________________________________ Telefon raqamlari: ___________________________ STIR: _______________________ Hisobraqami: ___________________________________ Bank: _________________________________________ MFO: ____________________ OKONX: __________ FSHR: ________________
|
Bitim bo‘yicha to‘lovlarni amalga oshirish uchun rekvizitlar: “O‘zRTXB” AJ Manzili: Toshkent sh., Bobur ko‘chasi, 77. STIR: 200933985, МФО: 00491, “Trastbank” ХАБ Telefon raqami: 71 207-00-33, Faks: 71 207-33-19 |
Hisobraqami: 20208000300600257009 |
- Shartnoma predmeti.
- Birgalikda “Taraflar” deb nomlanuvchi Sotuvchi va Sotib oluvchi, elektron birja savdolari natijalari bo‘yicha 08.2025 12:48:03 dagi “20250820”- sonli savdo bayonnomasi asosida Sotib oluvchi quyidagi tovar uchun haq to‘lashi va qabul qilib olishi, Sotuvchi esa ushbu tovarni yetkazib berishi to‘g‘risida mazkur shartnomani tuzdilar:
Tovarning nomi: |
Аммофос из фосфоритов марки 46:11 O zMSt 171:2024 № АО Ammofos-Maxam |
|
|||||||
Kontrakt raqami |
O‘lchov birligi |
Birlik miqdori |
Birlik uchun narx |
Birlik uchun boshlang‘ich narx |
Lot uchun narx |
Lot uchun boshlang‘ich narx |
Shartnoma summasi |
Valuta |
Qadoqlash turi |
428962 |
килограмм |
5000.00 |
7665.01 |
7660.00 |
766501.00 |
766000.00 |
38325050.00 |
сум |
В мешках по 50 кг |
Sotuvchi uchun vositachilik yig‘imi |
Sotib oluvchi uchun vositachilik yig‘imi |
|
|||||||
42924.06 |
77263.30 |
|
- To‘lov muddatlari, yuklash kunini tanlash, yetkazib berish shartlari va muddatlari.
- Sotib oluvchi shartnoma birjada ro‘yxatdan o‘tkazilgandan keyin 5 ish kuni mobaynida tovar uchun haq to‘laydi.
- Sotib oluvchi tomonidan yuqori likvidli va (yoki) monopol turdagi mahsulotlarni yuklash kunini tanlash uchun, Sotuvchi – monopol va davlat ulushi mavjud tashkilotlar birjaning rasmiy veb-saytiga tovarlarni yuklash grafigini kunlarga taqsimlagan holda joylashtirish kerak.
- Sotib oluvchi tovar uchun to‘lovni amalga oshirgandan so‘ng 3.4-bandda ko‘rsatilgan muddatlar doirasida shaxsiy kabinet orqali monopol va davlat ulushi mavjud tashkilotlarning yuqori likvidli va (yoki) monopol turdagi mahsulotlari bo‘yicha o‘zi uchun maqul bo‘lgan yuklash kunini 3.2-bandda keltirilgan yuklash grafigi asosida tanlaydi.
- Sotuvchi tovarlarni asosiy yetkazib berish shartlari bo‘yicha 10 ish kunlari davomida, birjada bitim uchun 100% to‘laganidan keyin yetkazib beradi.
- Elektron logistika savdo portalidan shaxsiy kabinetga tushgan (avtotransport vositalari uchun ro‘yxatdan o‘tkazish davlat raqami belgisi va boshqa) ma’lumotlar monopol va davlat ulushi mavjud tashkilotlarning yuqori likvidli va yoki monopol turdagi mahsulotlarini yuklash uchun asos hisoblanadi.
Узбекистан |
Mahsulot joylashgan
manzil |
EXW |
Ishlab chiqaruvchi mamlakat
300-sonli vakolatli ombor, "MUXAMMADSAFO-RUSTAM" МЧЖ, Manzil: Qoraqolpog`iston Respublikasi, To rtko l tumani, Tozabog iyob OFY, Gurlan ko chasi 8-A uy |
Lotdagi miqdor
(o‘lchov birligida) |
100 |
Asosiy yetkazib berish shartlari
Alohida shartlar
"Ammofos-Maxam" AJning (vakolatli) omborsaqlovchisi MUXAMMADSAFO-RUSTAM МChJ O zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025 yil 1-fevraldagi 27-sonli bayoniga asosan.Bitim hajmining 10% doirasida kam yuklangan taqdirda, shartnomaga asosan kam yetkazib berish hisoblanmaydi va jarimaga tortilmaydi, qoldiq farq summasi "Xaridor" ning TIRga (to lovchining individual raqami) qaytariladi. Mahsulotlarni omborlarda saqlash xarajatlari (tushurish, saqlash va ortib berish) Saqlovchi hisob raqamiga 1 tonna uchun 155 680,00so m miqdorida to lanadi. Sotuvchi ushbu shartnoma shartlarini bajarmagan taqdirda, akseptsiz 10% miqdoridajarima undiriladi (shunda 1% garov depoziti, 9% shartnoma summasining shaxsiy hisobidagi pul mablag laridan). Bo sh 1 dona polipropilen qopning og irligi 120+ -5 gramm. 50+ -1% kilogrammli polipropilen qoplarda
3.6. Bitim ijrosini ta'minlash maqsadida tomonlar “O‘zRTXB” AJ hisob-kitob kliring palatasidagi (keyingi o‘rinlarda - HKKP) “O‘zRTXB” AJga xizmat ko'rsatuvchi bankdagi ikkilamchi depozit hisobvarag‘iga quyidagi miqdorda depozit qo‘ydilar:
Sotuvchi:birja savdolariga (savdo kuni) qo‘yilgan mahsulotlarning umumiy qiymatining __ foizi. Sotib oluvchi: taklif qilingan savdo hajmining __ foizi.
Kafolat vositalariga quyidagilar kiradi:
- birja foydasiga ushbu shartnomani bajarish uchun birja savdolarining elektron tizimida tasdiqlangan tariflarga muvofiq miqdorda vositachilik komissiya yig‘imi ushlab qolinadi.
- tomonlar tomonidan shartnomani tuzish va bajarilishini ta'minlash uchun kiritilgan moliyaviy depozit.
- Sotib oluvchidan ushbu shartnoma bo‘yicha mablag to‘liq qabul qilinganidan keyin bir ish kuni ichida HKKP sotuvchiga (yoki sotuvchining brokeriga) to‘langan bitimlar reestrini yuboradi va reestrda belgilangan mahsulot hajmida tovarlar uchun to‘lovni kafolatlaydi.
- HKKP tomonidan Sotuvchiga to‘lovlar amalga oshirilgan bitim reestrining yuborilishi, monopol va davlat ulushi mavjud tashkilotlarning yuqori likvidli va (yoki) monopol turdagi mahsulotlari uchun esa elektron logistika savdo portalidan shaxsiy kabinetga tushgan ma`lumotlar, Sotuvchiga mazkur Shartnomada belgilangan hajmda va muddatda tovarni yetkazib berish majburiyatini yuklaydi.
Yetkazib berishni tashkillashtirish uchun Sotuvchi shartnomada ko‘rsatilgan yetkazib berish muddatida, ammo mazkur muddat tugashidan kamida 3 ish kun oldin Sotib oluvchiga tovarlarni topshirish uchun tayyorligi to‘g‘risida, tovar yuklab jo‘natiladigan kun (kunlar)ni ko‘rsatgan holda xabarnoma yo‘llaydi, monopol va davlat ulushi mavjud tashkilotlarning yuqori likvidli va (yoki) monopol turdagi mahsulotlari bundan mustasno.
Sotuvchi tomonidan tayinlangan tovar yuklab jo‘natiladigan kuni Sotib oluvchi, zarur hollarda, o‘z vakili ishtirokini ta`minlashi va agar birja shartnomasi shartlari bilan tovarning Sotib oluvchi transport vositasida yuklab jo‘natilishi nazarda tutilgan bo‘lsa – bunday transport vositasi bo‘lishini ta`minlashi shart.
- Sotib oluvchi vakili o‘rnatilgan vaqtda yetib kelgandan so‘ng, Sotuvchi zudlik bilan, Sotib oluvchi vakili omborga kelganligini uning moddiy qimmatlik mahsulotlar olish uchun ishinchnomasiga belgi (muxr yoki tamg‘a) qo‘yib berishi yo‘li orqali tasdiqlashga majbur. Sotib oluvchi vakilida shartnomada ko‘zda tutilgan, mahsulotni yuklash uchun zarur bo‘lgan hujjatlar bo‘lmagan taqdirda (to‘liq yoki qisman), Sotuvchi yetishmayotgan hujjatlarni ko‘rsatgan holda yozma belgi kiritishi lozim.
Sotuvchi – monopol va davlat ulushi mavjud tashkilotlar shu bilan birga avtotransport vositasini ro‘yxatga olish ma`lumotlarini elektron logistika savdo portalidan shaxsiy kabinetga tushgan ma`lumotlar bilan muvofiqligini tekshiradilar.
- Sotuvchi tomonidan tovarlarni yetkazib berganligi va uni Sotib oluvchi tomonidan tanlab olinganligini faktini yetkazib berish hujjati nusxasi (yuk varaqasi) yoki Sotib oluvchi va sotuvchi tomonidan imzolangan hisob–fakturaning nusxasi tasdiqlaydi. Tovarlarni temir yo‘l orqali jo'natishda Sotuvchi tomonidan tovarlarni yetkazib berilganligini va uni Sotib oluvchi tomonidan tanlab olinganligini faktini jo'natuvchining stantsiyasi muhri tushirilgan temir yo‘l hisob – fakturasining nusxasi va broker-sotuvchining imzosi va muhrlari bilan tasdiqlangan hisob-fakturaning ilova qilingan nusxasi tasdiqlaydi. Yuk tashish hujjatlari sotuvchining brokeri tomonidan HKKPda tovarlar jo‘natilgan kundan boshlab uch ish kunidan kechiktirmay, lekin bitimda ko'zda tutilgan yetkazib berishning oxirgi kunidan keyingi kundan kechiktirmay taqdim etiladi.
- Tovar yuklab jo‘natilganligini tasdiqlaydigan hujjatlar taqdim qilinishi HKKP uchun Sotuvchi tomonidan bajarilgan majburiyatlar hisobiga mablag`lar o‘tkazishga asos va majburiyat bo‘lib xizmat qiladi. Sotuvchi tomonidan tovar yuklab jo‘natilganligini tasdiqlaydigan hujjatlar (YEBHR) taqdim qilingan vaqtdan boshlab 1 ish kuni mobaynida HKKPning talab qilib olinguncha ikkilamchi depozit hisobraqamidan Sotuvchining bankdagi hisobraqamiga o‘tkazadi. Sotuvchi HKKP tomonidan to‘lov amalga oshirilgan bitimlar reestri monopol va davlat ishtirokidagi tashkilotlar uchun elektron logistika savdo portalidan ma`lumotlar taqdim etilmasdan tovar yetkazib bergan taqdirda, tovar uchun to‘lovni amalga oshirish tavakkalchiligi sotuvchining zimmasida bo‘ladi.
- Shartnomaning 3.2, 3.3, 3.5,3.8, 3.9, 3.11 bandlarida keltirilgan alohida shartlar monopol va davlat ulushi mavjud tashkilotlarning yuqori likvidli va (yoki) monopol turdagi mahsulotlarini avtotransportda yuklashga nisbatan tadbiq etiladi.
- Birja bitimlarining yopilishi.
4.1. Birja bitimi HKKP tomonidan yopiladi va birjaning majburiyatlar bajarilishini ta’minlash bo‘yicha majburiyatlari quyidagi holatlarda bitimlar yopilishi orqali bekor bo‘ladi:
- Sotuvchi yoki unga xizmat ko‘rsatuvchi birja a’zosi tomonidan Sotuvchining tovarni to‘liq hajmda yetkazib berish bo‘yicha majburiyatlari bajarilganligini tasdiqlovchi hujjatlar taqdim qilinishi – tovarni yetkazib berish bo‘yicha majburiyatlar bajarilganligini tasdiqlovchi hujjat taqdim qilingan paytdan boshlab bir ish kuni mobaynida;
- har ikki Taraf tomonidan tovarni yetkazib berish (yuklab olib chiqish) bo‘yicha majburiyatlar bajarilmagan taqdirda, Shartnomani muddatidan oldin bekor qilish to‘g‘risida va o‘zaro e’tirozlar mavjud emasligi to‘g‘risida ariza taqdim qilinishi – jarima sanksiyalari qo‘llanilmasdan, shartnomaning bekor qilinishi to‘g‘risidagi ariza taqdim qilingan paytdan boshlab bir ish kuni mobaynida;
- Sotuvchi tomonidan tovarni yetkazib berish bo‘yicha majburiyatlar va Sotib oluvchi tomonidan uning yuklab olib chiqilishi bo‘yicha majburiyatlar tovarga xos bo‘lgan va tovarni yuklab jo‘natishda ushbu majburiyatlarning to‘liq hajmda bajarilishiga to‘sqinlik qiladigan texnologik yoki boshqa sabablarga ko‘ra to‘liq hajmda bajarilmaganligi, agar mazkur Shartnomaning alohida shartlari bilan Taraflarning ushbu asoslarda javobgarlikdan ozod qilinishlari nazarda tutilgan bo‘lsa – jarima sanksiyalari qo‘llanilmasdan, har ikki Taraf tomonidan bitimning yopilishi to‘g‘risidagi ariza taqdim qilingan paytdan boshlab bir ish kuni mobaynida;
-Taraflarga jarima sanksiyalari qo‘llamasdan, agarda shartnoma bilan belgilangan yetkazib berish muddati tugagan paytdan boshlab uch ish kuni mobaynida shartnoma taraflari tovarni yetkazib berish (yuklab olib chiqish) bo‘yicha majburiyatlar bajarilmaganligi haqida taraflarning bir-biriga e’tirozi mavjud bo‘lmagan taqdirda;
- yetkazib berish muddati tugagandan so‘ng, agar yuklab olib chiqilmagan / yuklab jo‘natilmagan tovar summasi mazkur Shartnoma summasidan belgilangan zakalat pullari miqdoridan kam bo‘lsa, jarima sanksiyalari qo‘llanilmasdan;
- Arbitraj komissiyasi tomonidan nizolarni ko‘rib chiqish natijalari bo‘yicha qarori bilan.
- Birja bitimi Taraflar tomonidan Shartnomaning muddatidan oldin bekor qilinishi to‘g‘risida ariza taqdim qilinishi asosida yoxud mazkur Shartnoma bilan belgilangan yetkazib berish muddati tugagan paytdan boshlab uch ish kuni mobaynida e’tirozlar taqdim qilinmaganligi natijasida yopilgan taqdirda, Sotuvchi va Sotib oluvchi majburiyatlari bajarilishini ta’minlash maqsadida ularning birjadagi shaxsiy hisob varaqlarida blokirovka qilingan moliyaviy mablag‘lar boshqa birja bitimlari bo‘yicha kafolatli ta’minot mablag‘lari sifatida foydalanish uchun bo‘shatiladi.
- Taraflarning mazkur Shartnoma majburiyatlarini bajarish bo‘yicha o‘zaro e’tirozlari Arbitraj komissiyasi tomonidan “Arbitraj komissiyasi to‘g‘risida”gi Nizomda nazarda tutilgan shartlarga rioya qilingan holda, mazkur Shartnoma bilan nazarda tutilgan tovarni yetkazib berish muddati tugagan paytdan boshlab uch ish kunidan kechiktirilmay qabul qilinadi.
Sotuvchi yoki Sotib oluvchi tomonidan arizalar mavjud emasligi yoxud ular tomonidan Arbitraj komissiyasiga ariza taqdim qilish muddatlariga rioya qilinmasligi mazkur Shartnoma majburiyatlarini bajarish bo‘yicha o‘zaro e’tirozlar mavjud emasligi sifatida baholanadi.
- Taraflar Shartnoma bo‘yicha majburiyatlarining bajarilishidan qat’iy nazar, birja foydasiga vositachilik yig‘imlarini to‘lashlari shart.
- Taraflarning javobgarligi.
- Taraflarning biri tomonidan mazkur Shartnoma shartlari bajarilmagan taqdirda, HKKPda aybdor Tarafning shaxsiy hisobvarag‘idagi pul mablag‘laridan jarima undiriladi va mazkur Shartnoma summasidan belgilangan zakalat puli miqdoridagi summa zarar ko‘rgan Taraf hisobiga o‘tkaziladi, mazkur Shartnoma esa bekor qilingan hisoblanadi.
- Tovar to‘liq yetkazib berilmagan taqdirda, Sotuvchi Sotib oluvchiga HKKPda Sotuvchining shaxsiy hisob varag‘idagi pul mablag‘laridan mazkur Shartnoma summasidan belgilangan zakalat pullari miqdorida jarima to‘laydi. Jarima to‘lovi Sotuvchini tovar to‘liq yetkazib berilmaganligi oqibatida yetkazilgan zararlar o‘rnini qoplash majburiyatidan ozod qilmaydi.
- Yetkazib berilgan tovar standartlarga, texnik shartlarga, namunalarga (etalonlarga), sifati, turi va navga mansubligi bo‘yicha boshqa majburiy shartlarga muvofiq bo‘lmagan taqdirda, Sotib oluvchi qonunchilikda belgilangan tartibda tovarni qabul qilib olishdan bosh tortish, Sotuvchidan tegishlicha sifatga, turga va navga ega bo‘lmagan tovar qiymatining 20 foizi miqdorida jarima undirib olish yoki to‘langan summalarning qaytarilishini talab qilish huquqiga ega.
- Mazkur Shartnoma bilan belgilangan yetkazib berish muddatida (davrida) tovar yuklab olib chiqilmaganligi uchun, shuningdek tovarni qabul qilib olishni asossiz rad qilganligi uchun Sotib oluvchi Sotuvchiga HKKPda shaxsiy hisobvarag‘idagi pul mablag‘laridan mazkur Shartnoma summasidan belgilangan zakalat pullari miqdorida jarima to‘laydi. Jarima to‘lovi Sotib oluvchini yuklab olib chiqilmagan (o‘z muddatida qabul qilib olinmagan) tovarning kechiktirilishi oqibatida yetkazilgan zararlar o‘rnini qoplash majburiyatidan ozod qilmaydi.
- Agar tovar maxsus qutilarda yetkazilishi yoki qadoqlanishi lozim bo‘lsa va tovar qutilarsiz va/yoki qadoqlanmay yetkazilsa, sotib oluvchi qonunchilikda belgilangan tartibda Sotuvchidan mazkur tovarlar qiymatining 5% miqdorida jarima undirishga xaqli.
- Brokerning mazkur Shartnomani imzolashdan va /yoki uni belgilangan muddatda ro‘yxatdan o‘tkazish uchun filial makleriga (savdo maydonchasi ro‘yxatdan o‘tkazuvchisiga) topshirishdan bosh tortganligi uchun Brokerdan Birja tomonidan belgilangan miqdorda jarima undiriladi.
- HKKPdan to‘langan bitimlar reestri olinmasdan Sotuvchi tomonidan mahsulotlar yuklab jo‘natilgan taqdirda, Birja Sotib oluvchi tomonidan Shartnoma bo‘yicha majburiyatlar nohalol bajarilganligi uchun javobgar bo‘lmaydi.
- Shartnomaning 3.8-bandida qayd etilgan shartlar buzilgan taqdirda, Birja ehtimoldagi zararlar yuzaga kelganligi uchun javobgar bo‘lmaydi.
- Nizolarni hal qilish.
- Birja bitimi bajarilmasligi yoki tegishli darajada bajarilmasligi bilan bog‘liq nizolar birjaning Arbitraj komissiyasi yoki sud tomonidan hal qilinadi.
- Taraflar, O‘zRTXB AJda Birja savdo qoidalariga muvofiq, Birja Arbitraj komissiyasining Taraflar o‘rtasida yuzaga kelgan va sifat bilan bog‘liq bo‘lmagan nizolarni ko‘rib chiqish va qaror chiqarish huquqiga ega ekanligini e’tirof etadilar.
- Arbitraj komissiyasi qaroridan norozi bo‘lgan taraf nizoni qonunda belgilangan tartibda hal qilish huquqiga ega.
- Fors-major.
- Mazkur Shartnoma bo‘yicha majburiyatlarning qisman yoki to‘liq bajarilmaganligi yengib bo‘lmaydigan kuchlar, ya’ni favqulodda va bu holatda bartaraf etib bo‘lmaydigan vaziyatlar (fors-major), qonun hujjatlari qabul qilinishi yoki har qanday o‘zgarishlari, dasturiy ta’minotning ishga yaroqsizligi yoki texnik sabablar bo‘yicha to‘xtatib qo‘yilish holatlari, elektr energiyasining o‘zgaruvchanligi yoki uzib qo‘yilishi oqibatida yuz bergan taqdirda, Taraflar mazkur
Shartnoma bo‘yicha majburiyatlarning qisman yoki to‘liq bajarilmaganligi uchun javobgarlikdan ozod qilinadilar.
- Shartnomaning amal qilish muddati
- Mazkur Shartnomaning Sotuvchi brokeri va Sotib oluvchi brokeridagi nusxalari Birja filiali makleri (savdo maydoncha registratori) tomonidan rasmiylashtirilgan (imzolangan va tasdiqlangan) paytdan boshlab qonuniy kuchga kiradi.
Shartnoma Sotuvchi brokeri va Sotib oluvchi brokeri uchun ikki nusxadan jami to‘rt nusxada tuzildi, har bir nusxa bir xil yuridik kuchga ega.
Sotuvchi brokeri va/yoki Sotib oluvchi brokeri nusxalari ro‘yxatdan o‘tkazilmagan taqdirda, mazkur Shartnoma tuzilmagan deb hisoblanadi.
- Korrupsiyaga qarshi qo‘shimcha shartlar.
- Taraflar shartnoma tuzishda, shartnoma majburiyatlarini ijro etish davomida va shartnomani bekor qilishda, shartnoma bilan bog‘liq korrupsiyaviy xatti-harakatlar sodir qilmaslikka kelishib oladilar.
- Taraflar shartnomaning ushbu bobida belgilangan korrupsiyaning oldini olish choralarini tan oladilar va ularga rioya etilishi bo‘yicha hamkorlikni ta’minlaydilar.
- Har bir taraf shartnoma tuzilgan paytda bevosita o‘zi yoki uning ijroiya organlari, mansabdor shaxslari va xodimlari tomonidan shartnoma bilan bog‘liq munosabatlar yuzasidan qonunga xilof ravishda pul, moddiy qiymatliklar berilmaganligini, shartnoma tuzilishi evaziga norasmiy pul yoki boshqa moddiy qiymatliklar olinishiga yo‘l qo‘yilmaganligini, taklif etilmaganligini, ularni berishga va’da qilinmaganligini, shuningdek moddiy yoki har qanday turdaagi imtiyoz, ustunliklar olinmaganligini (kelajakda bu turdagi harakatlarni amalga oshirishi mumkinligi haqida taassurot qoldirilmaganligini) kafolatlaydi.
Taraflar, ular tomonidan shartnoma doirasida jalb qilingan shaxslarning (yordamchi pudratchi tashkilotlar, agentlar va taraflar nazorati ostidagi boshqa shaxslarning) yuqoridagi harakatlarni sodir etmasligi yuzasidan oqilona choralar ko‘radi.
- Taraflar davlat xizmatchilari, siyosiy partiyalar, shuningdek o‘zining ijroiya organlari, mansabdor shaxslari va xodimlari tomonidan har qanday vaqtda va shaklda quyidagi harakatlarni bevosita yoki bilvosita (shu jumladan, uchinchi shaxslar orqali) sodir etilishiga yo‘l qo‘ymaydi:
- nazorat qiluvchi organlardan litsenziya va ruxsatnomalar olish,soliq solish, bojxona rasmiylashtiruvini amalga oshirish, sudda ish ko‘rilishi, qonunchilik jarayoni va boshqa sohalarda qonunga xilof ravishda tijorat yoki boshqa tusdagi ustunlikka ega bo‘lish yoki saqlab qolish maqsadida yuqoridagi shaxslar foydasiga yoki ular tomonidan moddiy yoki nomoddiy naf olishning taklif etilishi, va’da qilinishi, berilishiga;
- qonunga xilof ravishda olingan daromadlarning legallashtirilishiga, shuningdek, agar mulk jinoiy faoliyatdan olingan daromad ekanligi taraflarga ma’lum bo‘lsa, uni o‘tkazish, mulkka aylantirish, yoxud almashtirish yo‘li bilan uning kelib chiqishiga qonuniy tus berish, bunday pul mablag‘lari yoki boshqa molmulkning asl xususiyatini, manbaini, turgan joyini tasarruf etish, ko‘chirish usulini, pul mablag‘lariga yoki boshqa mol-mulkka bo‘lgan haqiqiy egalik huquqlarini yoki uning kimga qarashliligini yashirishga;
- v) korrupsiyaga oid huquqbuzarlik sodir qilish uchun ta’magirlik qilish, undash, tazyiq o‘tkazish yoki tahdid qilish. Ushbu holat bo‘yicha bir taraf ikkinchi tarafni hamda vakolatli davlat organlarini darhol xabardor qilishi shart.
9.5. Taraflar tovarlar, xizmat va ishlarni realizatsiya qilish va o‘tkazishda bitimlar tuzish bo‘yicha muzokaralar olib borishda, litsenziya, ruxsatnomalar va boshqa ruxsat etish xususiyatiga ega bo‘lgan hujjatlarni olishda yoki ularning manfaatlarini ko‘zlab boshqa harakatlarni amalga oshiruvchi taraflarning nazorati ostida bo‘lgan va ular nomidan harakat qiladigan shaxslarga (shu jumladan, yordamchi pudratchilar, agentlar, savdo vakillari, distribyutorlar, huquqshunoslar, hisobchilar, ular nomidan harakat qiluvchi boshqa vakillarlarga) nisbatan quyidaagi harakatlarni amalga oshirishlari shart:
- korrupsiyaviy harakatlarga yo‘l qo‘yib bo‘lmasligi va korrupsiyaviy harakatlarga nisbatan murosasiz munosabatda bo‘lishi shartligi haqida ko‘rsatmalar va tushuntirishlar berish;
- ulardan korrupsiyaviy harakatlarni amalga oshirish uchun vositachi sifatida foydalanmaslik;
- ularni faqat taraflarning oddiy kundalik faoliyati jarayonidagi ishlab chiqarish zarurati doirasidan kelib chiqib ishga jalb qilish;
- ularga qonunchilik doirasida amalga oshirgan xizmatlari uchun belgilangan haq miqdoridan asossiz ravishda ortiqcha to‘lovlarni amalga oshirmaslik.
- Taraflar ularning nazorati ostida bo‘lgan va ular nomidan harakat qiladigan shaxslar tomonidan korrupsiyaga qarshi qo‘shimcha shartlarda belgilangan majburiyatlar buzilganligi holatlari haqida xabar berilganligi uchun ularga tazyiq o‘tkazilmasligini kafolatlaydilar.
- Agar bir tarafga boshqa tarafning korrupsiyaga qarshi qo‘shimcha shartlarning mazkur bobida belgilangan majburiyatlarni buzilishiga yo‘l qo‘yganligi ma’lum bo‘lib qolsa, ikkinchi tarafni bu haqda zudlik bilan xabardor qilishi va ushbu tarafdan o‘z vaqtida tegishli choralar ko‘rilishini va amalga oshirilgan ishlar yuzasidan unga xabardor qilishini talab qilishi shart.
Bir tarafning talabi bo‘yicha ikkinchi taraf tomonidan qoidabuzarliklarni bartaraf qilish bo‘yicha o‘z vaqtida tegishli choralar ko‘rilmagan yoki ko‘rib chiqish natijalari haqida xabardor qilinmagan taqdirda, ushbu taraf zararni to‘liq qoplab berishni talab qilishga haqli.
Taraflar (vakolatli vakillari) imzolari:
Sotib oluvchi (Sotuvchi) nomidan va uning topshirig‘i bo‘yicha Broker ________________________________________________ M.O‘. |
“O‘zRTXB” AJ mazkur Shartnoma Birja savdolari elektron tizimida o‘tkazilgan savdolar natijalari bo‘yicha Sotuvchi va Sotib oluvchi o‘rtasida tuzilganligini tasdiqlaydi. Makler “O‘zRTXB” AJ _____________________________________ (filial makleri, savdo maydonchasi ro‘yxatdan o‘tkazuvchisi) M.O‘. |