Amir Temur merosi — milliy g‘urur timsoli

“Amir Temur oyligi” doirasida “Oʻzkimyosanoat” AJ tizimida “Amir Temurning jahon tarixidagi o‘rni” mavzusida ma’naviy-ma’rifiy tadbir tashkil etildi.

Videokonferensaloqa shaklida o‘tgan tadbirda mutaxassislar tomonidan Sohibqironning davlat boshqaruvi, harbiy san’ati va bunyodkorlikdagi o‘rni haqida ma’ruzalar qilindi. Shuningdek, xodimlar ishtirokida badiiy chiqishlar namoyish etildi.

Jumladan, “Ammofos-Maxam” AJ xodimlari ham faol qatnashdi.

Mazkur tadbir xodimlar o‘rtasida tarixiy xotira, milliy g‘urur va vatanparvarlik tuyg‘ularini mustahkamlashga xizmat qildi.

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech