“Ammofos-Maxam” AJda kibersport musobaqasi o‘tkazildi

Respublikada kibersportni xavfsiz rivojlantirish va ommalashtirish, sohada ekotizim yaratish, shuningdek, musobaqa va turnirlarni tizimli ravishda o‘tkazish orqali iqtidorli yoshlarni aniqlash va ularni professional kibersportga yo‘naltirish maqsadida, “Ammofos-Maxam” AJ xodimlari o‘rtasida kibersport musobaqalari tashkil etildi.

Musobaqalar Counter-Strike 2 (CS-2), Dota-2 hamda FIFA (PlayStation platformasida) yo‘nalishlarida o‘tkazilib, quyidagi natijalar qayd etildi:

Counter-Strike 2 (CS-2):
1-o‘rin – “King” jamoasi
2-o‘rin – “ALFA” jamoasi
3-o‘rin – “Liderlar” jamoasi

Dota-2:
1-o‘rin – IHQX (Abbos Abdurasulov)
2-o‘rin – Boshqarma (Isfandiyor Gafurov)
3-o‘rin – TQMS (O‘tkirxoja Mamatxo‘jayev)

FIFA (PlayStation):
1-o‘rin – TQMS (Saidmuhammadxo‘ja Qudratxo‘jayev)
2-o‘rin – Suv ta’minoti sexi (Farrux Amanov)
3-o‘rin – ETS (Odil Burxonov)

G‘olib va sovrindor jamoalar Kasaba uyushma qo‘mitasi tomonidan rag‘batlantiriladi.

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech