“Ammofos-Maxam” AJda kuz-qish mavsumini betalofat o‘tkazish bo‘yicha targ‘ibot ishi olib borildi
“Ammofos-Maxam” aksiyadorlik jamiyatida kuz-qish mavsumini betalofat o‘tkazish, favqulodda vaziyatlarning oldini olish hamda xodimlarning xavfsizlik qoidalariga rioya etishini ta’minlash maqsadida targ‘ibot ishi olib borildi.
Targ‘ibot ishi TMS sexida "Ammofos-Maxam" AJ obyektlarida Favqulodda vaziyatlar bo‘limi xodimlari ishtirokida tashkil etildi.
Jarayon davomida kuz-qish mavsumida yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan favqulodda vaziyatlarning oldini olish, yong‘in xavfsizligi qoidalariga qat’iy rioya qilish hamda mehnat xavfsizligi talablarini bajarish yuzasidan tushuntirish ishlari olib borildi.
Ishtirokchilarga mavsum davomida xavfsizlik choralariga rioya qilish bo‘yicha zarur tavsiyalar berildi.
“Ammofos-Maxam” AJ Matbuot xizmati