“Ammofos-Maxam” AJda Navro‘z sayli o‘tkazildi
Bugun “Ammofos-Maxam” AJda “Navroʻzni ulugʻlash – insonni ulugʻlashdir!” degan ezgu gʻoyani
oʻzida mujassam etgan bayram sayli tashkil etildi. Tadbir doirasida sex va bo‘linmalar tomonidan yurtimiz viloyatlarining tarixi, milliy qadriyatlari va an’anaviy taomlari namoyish etildi.
Sayl davomida har bir jamoa o‘z viloyatini eng yorqin va mazmunli tarzda taqdim etishga intildi. Ishtirokchilarning ijodkorligi, bayramona kayfiyat va xalqona udumlar tadbirga alohida fayz bag‘ishladi.
Tashkil etilgan tanlov natijalariga ko‘ra, quyidagi jamoalar g‘olib deb topildi:
1-o‘rin – Ammofos-2 sexi (Namangan viloyati)
2-o‘rin – Boshqarma (Qoraqalpogʻiston Respublikasi)
3-o‘rin – Bug'-qozon sexi (Samarqand viloyati)
G'oliblar Kasaba uyushma qoʻmitasi tomonidan qimmatbaho sovg‘alar bilan taqdirlandi.
“Ammofos-Maxam” AJ Matbuot xizmati