“Ammofos-Maxam” aksiyadorlik jamiyatida ishchi-xodimlar ishtirokida davra suhbati bo'lib o'tdi
“Ammofos-Maxam” aksiyadorlik jamiyatida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 16-fevraldagi “Mahallani rivojlantirish va jamiyatni yuksaltirish” yilida ustuvor yo‘nalishlar bo‘yicha islohotlar dasturlari hamda “O‘zbekiston–2030” strategiyasini amalga oshirishga oid davlat dasturi to‘g‘risidagi PF-22-son Farmoni ijrosi yuzasidan ishchi-xodimlar ishtirokida davra suhbati tashkil etildi.
Tadbir davomida mazkur Farmonning asosiy yo‘nalishlari, belgilangan vazifalar hamda ularni amalga oshirish mexanizmlari yuzasidan ma’lumot berildi. Shuningdek, ishtirokchilar tomonidan bildirilgan fikr va takliflar tinglanib, qiziqtirgan savollarga mutaxassislar tomonidan tegishli javoblar berildi.
“Ammofos-Maxam” AJ Matbuot xizmati