Bolajonlar quvonchi yo‘lida fidokorona mehnat
Bobarahimov Ro‘zmat Mamatkarimovich 1994-yil 1-dekabrdan buyon “Ammofos-Maxam” aksiyadorlik jamiyatida samarali mehnat qilib kelmoqda.
2018-yildan buyon jamiyatning “Chimyon” bolalar sog‘lomlashtirish oromgohi rahbari lavozimida faoliyat yuritib kelmoqda. Uning rahbarligida oromgohda bolalarning mazmunli dam olishi, sog‘lomlashtirilishi, xavfsiz va qulay sharoitlarda hordiq chiqarishini ta’minlash borasida tizimli ishlar amalga oshirilmoqda.
Ko‘p yillik mehnat tajribasi, mas’uliyatli yondashuvi hamda tashabbuskorligi bilan jamoa orasida munosib obro‘-e’tibor qozongan Bobarahimov Ro‘zmat Mamatkarimovich bugungi kunda ham oromgoh faoliyatini yanada rivojlantirish yo‘lida samarali mehnat qilib kelmoqda.
“Ammofos-Maxam” AJ Matbuot xizmati