Ру O`z En

Yangiliklar

Davra suhbati o‘tkazildi

2023-yil 16-iyun kuni “Ammofos-Maxam” АJ Komplayens xizmati tomonidan Jamiyatning Boshqaruv a’zolari, hamda bosh mexanik, bosh energetik, ishlab chiqarish direktori o‘rinbosari, xodimlarni qayta tayyorlash o‘quv markazi rahbari, bosh priborist, transport xizmati boshlig‘i, tijorat faoliyati boshqarmasi boshlig‘i, kapital qurilish boshqarmasi boshlig‘i, sex va ishlab chiqarish xizmatlari boshliqlari raxbarlarining huquqiy savodxonligini oshirish maqsadida O‘zbekiston Respublikasining “Korrupsiyaga qarshi kurashish to‘g‘risida”gi Qonuni, Jamiyatda mazkur sohaga oid qabul qilingan ichki me’yoriy hujjatlarning mazmun mohiyati yuzasidan davra suhbati o‘tkazildi.

Yig‘ilish davomida ma’ruzachi tomonidan O‘zbekiston Respublikasining 2017-yil 3-yanvarda qabul qilingan “Korrupsiyaga qarshi kurashish to‘g‘risida”gi Qonuni, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 29-iyundagi “O‘zbekiston Respublikasida Korrupsiyaga qarshi kurashish tizimini takomillashtirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PF-6013-sonli Farmoni va Boshqaruv raisining 2022-yil 1-avgust kundagi 911-sonli buyrug‘iga asosan jamiyatda qabul qilingan Korrupsiyaga qarshi Siyosati, Manfaatlar to‘qnashuvini boshqarish Siyosati, “Aloqa kanallari” orqali korrupsiyaviy xatti-harakatlar to‘g‘risida kelib tushgan xabarlarni qabul qilish va ko‘rib chiqish” reglamenti haqida batafsil ma’lumot berib o‘tdi.

Ma’ruzachi tomonidan tadbir ishtirokchilarini qiziqtirgan savollariga javob berildi.

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech