“Dolzarb 30 kun oyligi” doirasida

“Ammofos-Maxam” AJ OFVB tomonidan “Tabiiy va texnogen xususiyatli favqulodda vaziyatlar sodir bo‘lganda obyekt rahbariyati hamda fuqaro muhofazasi tuzilmalarining harakatlari” mavzusida maxsus-taktik o‘quv mashg‘uloti o‘tkazildi.

Toshkent viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasining tegishli buyruqlari asosida tashkil etilgan amaliy mashg‘ulotda “Ammofos-Maxam” AJ OFVB 41-QQ hamda bir qator hamkor tashkilotlar faol ishtirok etdi.

Tadbirdan ko‘zlangan asosiy maqsad — favqulodda vaziyatlar yuzaga kelganda to‘g‘ri harakat qilish ko‘nikmalarini oshirish, shuningdek, hamkorlikdagi xizmatlarning shaylik darajasini sinovdan o‘tkazishdan iborat bo‘ldi.

Mashg‘ulotlar muvaffaqiyatli yakunlanib, xodimlarning shaylik darajasi yuqori baholandi.

“Ammofos-Maxam” AJ Matbuot xizmati

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech