“Dolzarb 30 kun”: yong‘in xavfsizligi ustuvor yo‘nalishda
“Ammofos-Maxam” aksiyadorlik jamiyatida yong‘in xavfsizligini ta’minlash va xodimlarning ogohligini oshirish maqsadida “Dolzarb 30 kun” tadbiri doirasida o‘quv-seminar tashkil etildi.
Seminarda xodimlarga yong‘in xavfsizligining asosiy qoidalari, favqulodda holatlarda harakat qilish tartibi va texnik xavfsizlik choralari haqida amaliy bilimlar berildi.
Shuningdek, jamiyatning temir yo‘l sexida yong‘in sodir bo‘lishi mumkin bo‘lgan holatlarga qarshi kurashish bo‘yicha maxsus-taktik mashg‘ulot o‘tkazildi.
“Ammofos-Maxam” AJ Matbuot xizmati