Ekologik xavfsizlik va nazorat – doimiy e’tiborda!

Oʻzbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligining asosiy tadbirlar rejasiga muvofiq, bugun “Ammofos-Maxam” AJ hududida ekologik monitoring ishlari amalga oshirildi.

Mazkur tadbirda Toshkent viloyati Favqulodda vaziyatlar bosh boshqarmasi, viloyat sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmati hamda viloyat ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishlari boshqarmasi mutaxassislari ishtirok etdi.

Monitoring jarayonida atrof-muhit holati, ishlab chiqarish jarayonlarining ekologik talablarga muvofiqligi hamda sanitariya me’yorlariga rioya etilishi o‘rganildi. Mazkur tadbir ekologik xavfsizlikni ta’minlash va yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan xavflarning oldini olishga qaratilgan.

“Ammofos-Maxam” AJ Matbuot xizmati

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech