“Eng yaxshi kitobxon xodim” tanlovining korxona bosqichi o‘tkaziladi
“Ammofos-Maxam” AJda kitobxonlik madaniyatini keng targ‘ib etish, xodimlarning mutolaa salohiyatini oshirish hamda kitobxonlikka bo‘lgan qiziqishini rag‘batlantirish maqsadida “Eng yaxshi kitobxon xodim” tanlovining korxona bosqichi joriy yilning 30-iyul kuni o‘tkaziladi.
Tanlovda korxona boshqarma, bo‘lim va sex xodimlari ishtirok etishlari mumkin.
Tanlov uchun tavsiya etilgan adabiyotlar:
Nizomulmulk — “Siyosatnoma”
Erix Mariya Remark — “G‘arbiy frontda o‘zgarish yo‘q”
Alixonto‘ra Sog‘uniy — “Turkiston qayg‘usi”
Jorj Oruell — “1984”
Xayriddin Sulton — “Yaldo kechasi”
Pirimqul Qodirov — “Yulduzli tunlar”
Adib Xolid — “O‘zbekiston tavalludi”
Mark Menson — “Beparvolikning nozik san’ati”
Daron Ajemo‘g‘li va Jeyms A. Robinson — “Mamlakatlar tanazzuli sabablari: qudrat, farovonlik va kambag‘allik manbalari”
Ernest Xeminguey — “Chol va dengiz”
Barcha xodimlarni tanlovda faol ishtirok etishga chorlaymiz.