“Haydovchilar kuni” munosabati bilan e’tirof

Oktabr oyining so‘nggi yakshanbasida nishonlanadigan “Haydovchilar kuni” munosabati bilan “Ammofos-Maxam” AJ Avtotransport sexida uzoq yillar davomida fidokorona mehnat qilib kelayotgan haydovchilar taqdirlandi.

1978–2025-yillar davomida korxonada o‘z faoliyatini samarali olib borgan va bugungi kunda ham halol mehnati bilan o‘rnak bo‘lib kelayotgan 24 nafar ishchi-xodim rag‘batlantirildi.

Ularning mehnatsevarligi, mas’uliyati va korxonaning rivojiga qo‘shgan hissasi yuksak e’tirofga loyiqdir.

“Ammofos-Maxam” AJ jamoasi barcha haydovchilarni kasb bayrami bilan tabriklaydi!

“Ammofos-Maxam” AJ Matbuot xizmati

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech