Hurmatli “Maxam-Chirchiq” AJ rahbariyati va mehnat faxriylari!

Sizlarni korxonangizning shonli 85 yillik yubileyi munosabati bilan “Ammofos-Maxam” AJ rahbariyati nomidan chin qalbimizdan samimiy muborakbod etamiz.

Boy tarix, yuksak salohiyat, fidoyi va malakali mutaxassislar mehnati, ishlab chiqarishdagi ilg‘or tajriba hamda soha rivojiga bo‘lgan sadoqat korxonangizni nafaqat respublikamiz, balki mintaqadagi yetakchi sanoat maskanlaridan biriga aylantirdi.

Bugungi kunda ham “Maxam-Chirchiq” AJ zamonaviy texnologiyalarni keng joriy etish, innovatsion yondashuvlarni hayotga tatbiq qilish va ishlab chiqarish samaradorligini oshirish borasida izchil faoliyat yuritib, yangi marralarni zabt etmoqda.

Ushbu qutlug‘ sana munosabati bilan Sizlarga mustahkam sog‘liq, oilaviy farovonlik, mas’uliyatli va sharafli faoliyatingizda ulkan muvaffaqiyatlar tilaymiz.
85 yillik yubileyingiz muborak bo‘lsin!

Hurmat bilan,
“Ammofos-Maxam” AJ rahbariyati

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech