Jamiyat xodimlari uchun Samarqand shahriga sayohat tashkil etildi
Prezidentimizning 2026-yil 16-apreldagi “9-may – Xotira va qadrlash kuniga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-139-son qarori ijrosi yuzasidan korxonaning 100 nafar ishchi-xodimlari uchun kasaba uyushma qo‘mitasi tomonidan 2026-yil 10–11-may kunlari tarixiy Samarqand shahriga sayohat tashkil etildi.
Sayohat davomida ishchi-xodimlar shaharning diqqatga sazovor maskanlari, ko‘p asrlik tarixni o‘zida mujassam etgan obidalar, qadimiy yodgorliklar hamda muqaddas qadamjolarni ziyorat qildilar.