Jamiyatda navbatdagi siyosiy ma’rifat soati bo'lib o'tdi
Bugun “Ammofos-Maxam” AJda navbatdagi siyosiy ma’rifat soati o‘tkazildi. Unda mamlakatimizda amalga oshirilayotgan islohotlar, milliy qadriyatlarni asrab-avaylash, shuningdek, yoshlarda fuqarolik mas’uliyatini oshirish masalalari atroflicha muhokama qilindi.
Shuningdek,xodimlarda, ayniqsa yoshlarda OAV va internet tarmoqlaridan samarali foydalanish madaniyatini yuksaltirish, g‘oyaviy va axborot xurujlariga qarshi mafkuraviy immunitetni shakllantirish maqsadida davra suhbati tashkil etildi.
“Ammofos-Maxam” AJ Matbuot xizmati