“Kimyoviy tahlil laboranti” tanlovi o‘tkazildi

“Ammofos-Maxam” aksiyadorlik jamiyatida “Kimyoviy tahlil laboranti” kasbi bo‘yicha tanlov yuqori saviyada tashkil etildi.

Tanlov davomida ishtirokchilar o‘zlarini tanishtirib, olib borayotgan ilmiy-tadqiqot ishlari yuzasidan taqdimot qildilar. Shuningdek, mutaxassislik va texnika xavfsizligiga oid savollarga javob berish hamda amaliy topshiriqlarni bajarish orqali o‘zlarining nazariy bilimlari, amaliy ko‘nikmalari va kasbiy mahoratini namoyon etdilar.

Ishtirokchilarning chiqishlari hakamlar hay’ati tomonidan belgilangan mezonlar asosida xolis va shaffof tarzda baholandi.

Tanlov yakunida g‘oliblar “Ammofos-Maxam” AJ Kasaba uyushma qo‘mitasi tomonidan esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.

“Ammofos-Maxam” AJ Matbuot xizmati

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech